Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak.Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi.