451-modda. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi。Taraflarning muzokarasi tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi so‘z beradi. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi vaqtida unga hech qanday savol berishga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhiQarang: mazkur Kodeks 46-moddasining ikkinchi qismi.Sud sudlanuvchining oxirgi so‘zini muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining so‘zini, u ishga mutlaqo aloqasi yo‘q holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, to‘xtatishga haqlidir.