Bayonnomada bundan tashqari, so‘roq qilinuvchi tomonidan avvalgi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlarning o‘qib eshittirilgani, ko‘rsatuv berish jarayonida so‘roq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, so‘roq qilinuvchiga so‘roq davomida narsa va hujjatlar ko‘rsatilgani, so‘roq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish o‘tkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.So‘roq tugaganidan keyin bayonnoma o‘qib chiqish uchun so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatiladi yoxud uning iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga o‘qib beriladi.