Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashg‘uloti, ma’lumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa ma’lumotlarni so‘rab, uning shaxsini aniqlaydi.Oldingi tahrirga qarang.So‘ngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini so‘raydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan bo‘lsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim.