O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:– Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashibdi. Shoh ham qarsak chalibdi.