So‘roq qilinuvchi ko‘rsatuvni o‘z qo‘li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. O‘z qo‘li bilan yozilgan ko‘rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.So‘roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko‘ra sud majlisida bayonnomaga imzo qo‘yilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma o‘rtasida jiddiy tafovut bo‘lgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan so‘roq qilinishi mumkin.So‘roq qilinuvchi bayonnomani o‘qib bo‘lgach, ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qo‘yiladi, basharti ko‘rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo‘lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.