Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi.Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo‘yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o‘tishi qaytadan tiklanadi.Agar og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o‘tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o‘tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi.