Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin.