561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish。Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlar tekshirilayotganda sud o‘z ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli.Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan so‘ng raislik qiluvchi unga yo‘qligida bo‘lib o‘tgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda ma’lum qiladi va uning yo‘qligida so‘roq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi.