Avvalom bor biz shuni tushunishimiz kerakki, jannat yo’lida qanday to’sqinchilik bo’lishi mumkin? Muammo esa shundaki, gunohkor tabiatimiz, Xudo bilan bo’ladigan munosabatimizga qarshi chiqadi. Biz gunohkormiz – borliqda ham tanlovda ham. “ Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir” – Rimliklar 3:23. Biz o’z-o’zimizni qutqarolmaymiz: “ Ha sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu - Xudoning in’omi sizning yutug’ingiz emas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman ,deb maqtanmasin” – Efesliklar 2:8-9. Va bizlar o’lim va do’zaxga loyiqmiz: “ Gunohning evazi – o’lim” Rimliklar 6:23.