So‘roq qilishda tarjimon qatnashayotgan bo‘lsa, u so‘roq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi ko‘rsatuvini unga og‘zaki tarjima qiladi, so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon ko‘rsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi.