Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.