554-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilishda pedagog yoki psixologning ishtiroki。Oldingi tahrirga qarang.Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilishda surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ixtiyoriga ko‘ra pedagog yoki psixolog ishtirok etishi mumkin. U surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan ayblanuvchiga savollar berishga, so‘roq tugaganidan so‘ng esa, so‘roq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi haqida o‘z fikrlarini yozma ravishda berishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagog yoki psixologga voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda so‘roq bayonnomasida qayd qilinadi.