Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So‘ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so‘raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e’tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.