258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish), 259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.