Agar apellatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa, sudya apellatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risida apellatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi.Sudyaning apellatsiya shikoyatini, protestini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi talablari bajarilmagan va apellatsiya shikoyati, protesti belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. Bunday holda hukm qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi.